---
title: "Siyish kundaligi (48 soat) | Bolalar urologiyasi"
description: "Bolalar uchun 48 soatlik siyish kundaligi: chop etiladigan shakl, siydik va ichilgan suyuqlik hajmini yozish, siydik pufagining kutilgan hajmini hisoblash."
lang: uz
url: https://bolalarurologiyasi.com/vositalar/siyish-kundaligi/
---

# Siyish kundaligi (48 soat)

Siyish kundaligi bolada siydik tuta olmaslik, tez-tez siyish yoki siygisi toʻsatdan qattiq qistashi kuzatilganda uning siyish odatlarini baholashga yordam beradi. Uni ikki kun davomida toʻldiring va qabulga olib keling. Tungi enurezda esa tungi siydik miqdorini bir hafta davomida oʻlchang.

Muallif: [Dr. Parviz Hojiyev](/shifokor/), bolalar urologi (FEAPU). Yangilangan: 2026-yil 3-noyabr.

## Qanday toʻldirish kerak?

1.  Bola odatdagi kun tartibida boʻladigan ikki kunni tanlang, masalan, dam olish kunlarini.
2.  Bola har safar oʻlchov idishiga siysin. Hajmini millilitrda yozib boring.
3.  Bola ichgan hamma narsani (suv, sut, choy, sharbat, shoʻrva) va uning miqdorini yozing.
4.  Siygisi toʻsatdan qattiq qistagan, siydigini tuta olmagan yoki ichki kiyimi hoʻl boʻlgan holatlarni belgilang.
5.  Tunda siydik tuta olmaslik boʻlgan-boʻlmaganini belgilang. Tunda siydik tuta olmaydigan bolada tungi siydik miqdorini bir hafta (ketma-ket 7 kecha) oʻlchang va quyidagi haftalik jadvalga yozing. Hisoblash uchun ishlatilgan taglik ogʻirligidan xuddi shu turdagi quruq taglik ogʻirligini ayiring (1 g farq taxminan 1 ml siydikka teng). Bunga tunda hojatxonaga borib siygan siydikning oʻlchangan hajmini va ertalabki birinchi siydikni qoʻshing. Oʻlchov toʻliq boʻlmasa, buni belgilab qoʻying, yetishmagan hajmni nol deb yozmang.
6.  Ertalabki birinchi siydikni kunduzgi eng katta siydik hajmini hisoblashga qoʻshmang.
7.  Ich kelgan vaqtni va najasning shaklini ham yozib boring.

Siyish kundaligi (48 soat)

Bolaning ismi va yoshi: \_\_\_\_\_\_\_\_\_\_\_\_\_\_\_\_\_\_\_\_\_\_\_\_\_\_\_\_\_\_

Kun 1: \_\_\_\_ / \_\_\_\_ / \_\_\_\_\_\_

Vaqt

Ichilgan suyuqlik (turi va hajmi, ml)

Siydik (ml)

Kuchli siyish istagi / siydik tuta olmaslik

Najas

Tunda siydik tuta olmaslik: ha / yoʻq. Ishlatilgan taglik: \_\_\_\_ g. Quruq taglik: \_\_\_\_ g. Tunda turib hojatxonada chiqarilgan siydik: \_\_\_\_ ml. Ertalabki birinchi siydik: \_\_\_\_ ml.

Kun 2: \_\_\_\_ / \_\_\_\_ / \_\_\_\_\_\_

Vaqt

Ichilgan suyuqlik (turi va hajmi, ml)

Siydik (ml)

Kuchli siyish istagi / siydik tuta olmaslik

Najas

Tunda siydik tuta olmaslik: ha / yoʻq. Ishlatilgan taglik: \_\_\_\_ g. Quruq taglik: \_\_\_\_ g. Tunda turib hojatxonada chiqarilgan siydik: \_\_\_\_ ml. Ertalabki birinchi siydik: \_\_\_\_ ml.

Tungi siydik: 1 hafta

Kecha

Sana

Siydik tuta olmaslik (ha/yoʻq)

Ishlatilgan taglik (g)

Quruq taglik (g)

Tunda turib hojatxonada chiqarilgan siydik (ml)

Ertalabki birinchi siydik (ml)

Jami tungi siydik (ml)

1

2

3

4

5

6

7

## Manbalar

1.  [Austin PF, Bauer SB, Bower W, et al. The standardization of terminology of lower urinary tract function in children and adolescents: update report from the standardization committee of the International Children’s Continence Society. Neurourol Urodyn. 2016;35(4):471–481.](https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/25772695/)
2.  [Nevéus T, Fonseca E, Franco I, et al. Management and treatment of nocturnal enuresis: an updated standardization document from the International Children’s Continence Society. J Pediatr Urol. 2020;16(1):10–19.](https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/32278657/)
3.  [EAU Guidelines on Paediatric Urology, 2026: Daytime lower urinary tract conditions; Monosymptomatic nocturnal enuresis.](https://uroweb.org/guidelines/paediatric-urology/chapter/daytime-lower-urinary-tract-conditions)

---
Maʼlumot ota-onalar va hamkasblar uchun, u shifokor koʻrigining oʻrnini bosmaydi. Shoshilinch holatda 103 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.
