---
title: "TWIST shkalasi: moyak buralishi xavfi | Bolalar urologiyasi"
description: "Oʻtkir yorgʻoqda moyak buralishi xavfini beshta klinik belgi asosida baholaydi."
lang: uz
url: https://bolalarurologiyasi.com/shifokorlar-uchun/kalkulyatorlar/twist-shkalasi/
---

# TWIST shkalasi: moyak buralishi xavfi

Oʻtkir yorgʻoqda moyak buralishi xavfini beshta klinik belgi asosida baholaydi.

Muallif: [Dr. Parviz Hojiyev](/shifokor/), bolalar urologi (FEAPU).

## Natija

Natijani koʻrish uchun maydonlarni toʻldiring.

## Formula va chegara qiymatlar

Ball = shish 2 + qattiq moyak 2 + kremaster refleksining yoʻqligi 1 + koʻngil aynishi/qusish 1 + yuqorida joylashgan moyak 1 (0–7).

## Klinik izoh

TWIST triaj (bemorlarni ogʻirlik darajasi boʻyicha saralash) vositasi; u klinik baholash va diagnostikaning oʻrnini bosmaydi. Ball yuqori boʻlsa, UTT operatsiyani kechiktirmasligi kerak. Past ball buralishni toʻliq istisno qilmaydi: ogʻriq boshlangan vaqt, yosh va klinik dinamika birgalikda baholanadi. Shkala dastlab bolalar urologlari oʻtkazgan koʻriklar asosida ishlab chiqilgan; urolog boʻlmagan shifokorlarga chegara qiymatlarni ehtiyotkorlik bilan qoʻllash tavsiya etiladi.

Kalkulyator tibbiyot mutaxassislari uchun moʻljallangan va klinik qarorning oʻrnini bosmaydi. Bemorning ismini kiritmang: maʼlumotlar hech qayerga yuborilmaydi, faqat brauzeringizda hisoblanadi.

Yangilangan: 2026-yil 3-noyabr

## Manbalar

1.  [Barbosa JA et al. Development and initial validation of a scoring system to diagnose testicular torsion in children. J Urol, 2013.](https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/23103800/)
2.  [EAU Guidelines on Paediatric Urology, 2026: Acute scrotum.](https://uroweb.org/guidelines/paediatric-urology/chapter/acute-scrotum)

## Boshqa kalkulyatorlar

-   [Moyak hajmi va asimmetriya](/shifokorlar-uchun/kalkulyatorlar/moyak-hajmi/)
-   [eGFR: soddalashtirilgan Schwartz formulasi (bedside Schwartz)](/shifokorlar-uchun/kalkulyatorlar/egfr-schwartz/)
-   [DVSS: siyish disfunksiyasini baholash shkalasi](/shifokorlar-uchun/kalkulyatorlar/dvss/)

---
Maʼlumot ota-onalar va hamkasblar uchun, u shifokor koʻrigining oʻrnini bosmaydi. Shoshilinch holatda 103 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.
