---
title: "DVSS: siyish disfunksiyasini baholash shkalasi"
description: "Soʻnggi 30 kunga oid 10 ta savol. Kunduzgi siyish va ichak faoliyati bilan bogʻliq shikoyatlarni ballarda baholaydi."
lang: uz
url: https://bolalarurologiyasi.com/shifokorlar-uchun/kalkulyatorlar/dvss/
---

# DVSS: siyish disfunksiyasini baholash shkalasi

Soʻnggi 30 kunga oid 10 ta savol. Kunduzgi siyish va ichak faoliyati bilan bogʻliq shikoyatlarni ballarda baholaydi.

Muallif: [Dr. Parviz Hojiyev](/shifokor/), bolalar urologi (FEAPU).

## Natija

Natijani koʻrish uchun maydonlarni toʻldiring.

## Formula va chegara qiymatlar

1–9-savollar 0–3 ball, 10-savol 0 yoki 3 ball; jami 0–30. Qoʻshimcha baholash uchun chegara: qizlarda > 6, oʻgʻil bolalarda > 9 (Farhat: 6,02 va 9,02).

## Klinik izoh

DVSS tashxis qoʻymaydi; u shikoyatlarning ogʻirligini hujjatlashtirish va davolashga javobni kuzatish uchun moʻljallangan. Ball yuqori boʻlsa, siyish kundaligi, ich qotishini (qabziyat) baholash, siydik tahlili, zarurat boʻlsa urofloumetriya va qoldiq siydikni oʻlchash buyuriladi. Bir xil soʻrovnomani davolashdan oldin va keyin takrorlash dinamikani koʻrsatadi. Soʻrovnoma ota-ona bilan birga toʻldiriladi. Bu yerdagi oʻzbekcha matn asl inglizcha soʻrovnomaning izohli moslashtirilgan varianti boʻlib, alohida psixometrik validatsiyadan oʻtgan versiya emas; chegara qiymatlar asl tadqiqotdan (Farhat, 2000) olingan; unda 3–10 yoshli bolalar ishtirok etgan, organik yoki anatomik sababi borlar (masalan, orqa uretra klapani, meningomielotsele) kiritilmagan. Chegaradan past ball muammoni toʻliq istisno qilmaydi.

Kalkulyator tibbiyot mutaxassislari uchun moʻljallangan va klinik qarorning oʻrnini bosmaydi. Bemorning ismini kiritmang: maʼlumotlar hech qayerga yuborilmaydi, faqat brauzeringizda hisoblanadi.

Yangilangan: 2026-yil 3-noyabr

## Manbalar

1.  [Farhat W et al. The dysfunctional voiding scoring system: quantitative standardization of dysfunctional voiding symptoms in children. J Urol, 2000.](https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/10958730/)
2.  [EAU Guidelines on Paediatric Urology, 2026: Daytime lower urinary tract conditions.](https://uroweb.org/guidelines/paediatric-urology/chapter/daytime-lower-urinary-tract-conditions)

## Boshqa kalkulyatorlar

-   [TWIST shkalasi: moyak buralishi xavfi](/shifokorlar-uchun/kalkulyatorlar/twist-shkalasi/)
-   [Moyak hajmi va asimmetriya](/shifokorlar-uchun/kalkulyatorlar/moyak-hajmi/)
-   [eGFR: soddalashtirilgan Schwartz formulasi (bedside Schwartz)](/shifokorlar-uchun/kalkulyatorlar/egfr-schwartz/)

---
Maʼlumot ota-onalar va hamkasblar uchun, u shifokor koʻrigining oʻrnini bosmaydi. Shoshilinch holatda 103 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.
